Maxfiylik siyosati
1. Kim ma'lumotlarni qayta ishlaydi
Ma'lumotlar operatori — «Masofa Technologies» MChJ (STIR 311792386, Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Olmachi MFY, Parkent ko'chasi, 199a-uy). Siyosat sotu voice dasturi (Windows, macOS va Android) va voice.sotuu.uz sayti uchun amal qiladi va O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuniga muvofiq tuzilgan.
2. Qanday ma'lumot olinadi
To'lovda: Telegram botga yuborgan telefon raqamingiz, Telegram ID'ingiz, buyurtma raqami, summasi, sanasi va Payme'dagi to'lov holati. Karta raqami va boshqa karta ma'lumotlari bizga kelmaydi, ularni Payme qayta ishlaydi.
Faollashtirishda: Faollashtirish kodi, qurilma turi (kompyuter yoki telefon) va qurilma identifikatorining bir tomonlama xeshi (undan qurilmaning o'zini aniqlab bo'lmaydi). Bu kodni bitta kompyuter va bitta telefonga bog'lash uchun kerak. Litsenziyani bekor qilganingizda shu ma'lumotlar yana bir marta yuboriladi.
Yangilanishni tekshirishda: kompyuter ilovasi downloads.sotuu.uz serveriga murojaat qiladi; server jurnallarida IP manzil va dastur versiyasi qoladi. Android ilovasi Google Play orqali yangilanadi.
Botga yozganingizda: xabaringiz matni va Telegram ma'lumotlaringiz.
3. Qanday ma'lumot olinmaydi
Ovoz yozuvlari, ulardan olingan matnlar, tarix, qaydlar va Gemini kalitingiz faqat qurilmangizda (kompyuter yoki telefonda) saqlanadi va bizga hech qachon yuborilmaydi. Dasturda analitika, reklama va kuzatuv vositalari yo'q. Ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi.
Telefondan yozganingizda audio telefoningizdan bir Wi-Fi tarmog'idagi kompyuteringizga to'g'ridan-to'g'ri boradi va bizning serverlarimizdan o'tmaydi.
4. Google Gemini
Ovozni matnga o'girish uchun audio sizning Gemini kalitingiz bilan qurilmangizdan to'g'ridan-to'g'ri Google'ga yuboriladi va bizning serverlarimizdan o'tmaydi. Bu ma'lumotlarga Google'ning maxfiylik siyosati va Gemini API shartlari amal qiladi. Bepul tarifda Google so'rovlardan o'z mahsulotlarini yaxshilash uchun foydalanishi mumkin.
5. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
Litsenziyani berish va tekshirish, kompyuter almashtirishda yordam berish, pulni qaytarish, murojaatlarga javob berish, yangilanishlarni yetkazish va soliq hisoboti uchun. Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
6. Kimga beriladi
Faqat xizmat ishlashi uchun zarur hamkorlarga: Payme (to'lov), Telegram (bot orqali aloqa), Google Play (Android ilovasini tarqatish), Cloudflare (sayt va serverlar oldidagi tarmoq) va litsenziya serveri hamda yangilanishlar joylashgan server provayderi. Davlat organlariga — faqat qonunda belgilangan hollarda.
7. Saqlash muddati
To'lov va litsenziya ma'lumotlari litsenziya amal qilgan butun muddat davomida va undan keyin qonunda belgilangan muddatgacha saqlanadi. Server jurnallari faqat nosozliklarni aniqlash uchun ishlatiladi.
8. Sizning huquqlaringiz
Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin (qonun saqlashni talab qiladigan to'lov yozuvlari bundan mustasno). Buning uchun @sotupaybot ga yozing. Ma'lumotlar o'chirilsa, litsenziyani tiklash imkoni bo'lmasligi mumkin.
9. Sayt
voice.sotuu.uz saytida cookie fayllar, analitika va reklama trackerlari ishlatilmaydi. Tanlagan tilingiz faqat brauzeringizda saqlanadi.
10. O'zgarishlar va aloqa
Siyosat o'zgarsa, yangi tahriri shu sahifada sanasi bilan e'lon qilinadi. Savollar bo'yicha: @sotupaybot.