Yozmang — gapiring.
Tugmani bosib turing va gapiring — sun'iy intellekt so'zlaringizni kursor turgan joyga toza matn qilib yozib beradi. Tez kunda uchrashuvlarni ham o'zi yozib oladi.
Qo'lda yozishga vaqt sarflamang
Tugmani bosing — va matn tayyor
Bosib turing, gapiring, qo'yib yuboring. Matn kursor turgan joyda paydo bo'ladi.
Uchrashuvlar yozib olinadi
Zoom, Google Meet yoki Teams — qaysi dasturda bo'lmasin, sotu voice uchrashuvni yozib oladi, kim nima deganini ajratib matnga o'giradi va siz uchun saqlab qo'yadi.
Qaydlar yozib boring — AI to'ldiradi
Uchrashuv davomida muhim fikrlarni belgilab boring. Har bir qayd yozuvning aynan o'sha daqiqasiga bog'lanadi, AI esa vazifalarni o'zi ajratib beradi.
Toza matn, tinish belgilari bilan
«Ee», «mmm», «anu» kabi so'zlarni olib tashlaydi, gapingizni to'g'rilasangiz — oxirgisini yozadi. O'zbek, rus va ingliz tillarida, aralash gapirsangiz ham.
Telefondan ham yozish mumkin
Kompyuterda QR kod chiqadi — telefoningiz bilan skanerlang va ochilgan sahifadan gapiring. Audio to'g'ridan-to'g'ri kompyuteringizga keladi va matnga o'giriladi. Hech narsa o'rnatish shart emas.
Bir marta to'lang — ilova butunlay mustaqil ishlaydi
Ovozingiz to'g'ridan-to'g'ri Google'ga, sizning kalitingiz bilan yuboriladi. Serverimizdan ilova faqat yangilanishlarni tekshiradi — yozuvlaringiz hech qachon yuborilmaydi.
Yozuvlaringiz — faqat sizniki
Hisob ochish shart emas. Uchrashuvlar, qaydlar va matnlar kompyuteringizda saqlanadi. Biz ularni ko'rmaymiz va hech qayerga yubormaymiz.
Ovozni sun'iy intellekt matnga o'giradi
sotu voice nutqingizni Google'ning Gemini modeli orqali matnga aylantiradi: tinish belgilarini qo'yadi, ortiqcha so'zlarni olib tashlaydi va gapni tartiblaydi. Buning uchun o'zingizning Gemini kalitingiz kerak.
Ish stolingizda — doim qo'l ostida
Nega bir martalik to'lov?
Ovozli yozish ilovalari har oy obuna oladi — chunki ular serverlar ushlab turadi. Bizda server xarajati yo'q, shuning uchun sizdan har oy pul olishga ham sabab yo'q.
Kompyuteringizga o'rnating
Ilovani yuklab oling va o'rnating. Faollashtirish kalitini Telegram bot orqali olasiz.
Mac uchun yangi versiya tayyorlanmoqda va shu yerda tez orada chiqadi.
Windows versiyasi tayyorlanmoqda. Hozircha sotu voice faqat Mac'da ishlaydi.